10:46 / 10.08.2022
4921
Besh nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi

Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishi kun tartibidan ayrim sudyalar vakolatini muddatidan ilgari tugatishga oid masala o‘rin oldi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muhokamalar yakunida kengash qarori bilan besh nafar sudya vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

Ular:

  • Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi S.Tursunov;
  • Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi A.Yo‘ldoshev;
  • Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudi sudyasi  B.Jo‘rabekov yozma arizalariga ko‘ra;
  • Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudyasi I.Hakimova odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani uchun;
  • Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudi raisi Sh.Sharipov vafot etgani munosabati bilan lavozimlaridan ozod etilib, vakolati muddatidan ilgari tugatildi.
Top