10:06 / 10.08.2022
5123

«Hududgazta’minot» tizimida korrupsiyaga moyilligi yuqori bo‘lgan xodimlar ro‘yxati tuzildi

Tizimda korrupsiya illatiga qarshi kurashish doirasida “Hududgazta’minot”ning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati tasdiqlandi. 

Murojaatlar tahlili va mavjud ma’lumotlarga tayangan holda tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar orasida ushbu korrupsiyaga moyillik ehtimoli bo‘lganlarining birlamchi ro‘yxati shakllantirildi.

Joriy yilning 1 avgust holatiga umumiy ro‘yxatda bo‘lgan 16 849 nafar xodimdan korrupsiyaga moyilligi yuqori bo‘lgan 64 nafari (0,4 foiz) “qizil ro‘yxat”ga, moyilligi past bo‘lgan 415 nafari (2,5 foiz) “sariq ro‘yxat”ga hamda korrupsiyaga moyilligi kuzatilmagan 16 370 nafar (97,1 foiz) xodim “yashil ro‘yxat”ga kiritildi.

Ma’lum qilinishicha, sohaga ilg‘or tajriba va zamonaviy avtomatlashtirilgan texnologiyalar keng joriy etilishi natijasida ayrim toifa lavozimlar ish hajmi qisqarib, ta’minotchi va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarda “inson omili” keskin pasaydi. 

Hozirda korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standartini joriy etish bo‘yicha yuqori reytinglarni egallagan konsultantlarni jalb qilgan holda tizimda audit o‘rganishlari olib borilmoqda. 

Top