16:49 / 11.08.2022
9850

OTMga testda ishtirok etganlar kollej va texnikumga kirish uchun ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, bunda abituriyentlarda OTMlarga kirish test sinovlarida to‘plagan ballari bilan professional ta’lim muassasalariga kirish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

  • abituriyent professional ta’lim muassasasiga kirish uchun tanlayotgan ta’lim yo‘nalishi fanlar majmuasi va ketma-ketligi OTMarga kirish uchun tanlagan ta’lim yo‘nalishi fanlar majmuasi bilan bir xil bo‘lsa;
  • abituriyent oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan bo‘lsa;
  • professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlasa.

Agar mazkur shartlar bajarilmasa yoki abituriyent mazkur imkoniyatdan foydalanishni istamasa, barcha abituriyentlar kabi professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Top