02:00 / 11.08.2022
11143

«Real» «Ayntraxt»ni mag‘lub etib, Yevropa Superkubogi sohibiga aylandi

Foto: Real Madrid

 

Finlandiya poytaxti Helsinki shahrida UYeFA Superkubogi doirasidagi «Real» hamda «Ayntraxt» o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.

YeChL g‘olibi va Yevropa ligasi sohibi o‘rtasidagi o‘yinda ispan klubi nemis jamoasidan ustun keldi. Birinchi bo‘limda David Alaba hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida esa Karim Benzema ikkinchi golni kiritib, o‘yin taqdirini hal qildi – 2:0.

Shu tariqa, Karlo Anchelotti murabbiyligidagi madridliklar Yevropa Superkubogini ham qo‘lga kiritib, yangi mavsumni sovrin bilan boshlaydigan bo‘ldi. Bu «qirollik klubi» tarixidagi 5-UYeFA Superkubogi sifatida tarixga kirdi. 

UYeFA Superkubogi. 10 avgust (chorshanba)
Real Madrid – Ayntraxt Frankfurt - 2:0

Helsinki, «Olimpiya» stadioni.
Gollar: 1:0 – 37 Alaba, 2:0 – 65 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Ryudiger, 85), Alaba, Militao, Mendi, Modrich (Rodrigo, 67), Kroos (Tchuameni, 85), Kazemiro, Valverde (Kamavinga, 76), Benzema, Vinisius Junior (Sebalos, 85).
Ayntraxt F – Trapp, Ture (Alario, 70), Ndika, Tuta, Lens, Rode (Getse, 58), Sou, Kamada, Lindstrem (Kolo-Muani, 58), Knauff, Borre.

Mavzuga oid
Top