14:30 / 12.08.2022
30096
Qrim aerodromida yakson bo‘lgan samolyotlar, Xarkivga tongotarda kelgan raketa. Urush suratlari

Ukrainada urushning 169-kuni o‘tdi. So‘nggi ma’lumotlar:

  • 11 avgustga o‘tar kechasi Kramatorsk, Nikopol va Xarkiv yana rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilgan. Nikopolda uch kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi yaralangan.
  • Amerikaning Planet Labs kompaniyasi Qrimdagi Saki aerodromining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasvirlarini e’lon qildi, fotosuratlarda yo‘q qilingan samolyotlar qoldiqlari aks etgan. Rossiya texnikaga shikast yetmaganini ma’lum qilgandi.
  • Latviya Rossiyani terrorizmni qo‘llovchi davlat sifatida tan oldi. Estoniya o‘zi tomonidan berilgan Shengen vizasi bilan Rossiya fuqarolari uchun chegaralarni ayrim istisnolar bilan yopishga qaror qildi.
  • CNN o‘z surishtiruvida rossiyalik harbiylarning Olenivkadagi qamoqxonaga zarba Ukrainaga amerikaliklar tomonidan yetkazib berilgan HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimi orqali yo‘llangani haqidagi versiyasini rad etdi.
  • McDonald's Kiyev va Ukraina g‘arbida bosqichma-bosqich restoranlar tarmog‘i ochilishi haqida e’lon qildi. 
  • Zaporijjya AESga yana zarba berildi. Rossiya va Ukraina bu hujumda yana bir-birini aybladi.

Quyida 11 avgust kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar keltiriladi.

Qrim

Saki aviabazasining Planet Labs kompaniyasi tomonidan 9 avgust kungi portlashdan avvalroq sun’iy yo‘ldosh orqali olingan fototasviri.
Planet Labs PBC / AP / Scanpix / LETA
Planet Labs PBC / AP / Scanpix / LETA

Qrimning Novofedorovka posyolkasi hududidagi 9 avgust kuni portlashlar sodir bo‘lgan Saki aerodromining 10 avgust kungi ko‘rinishi. Jurnalistlar va ekspertlar tasvirlarni tahlil qilishgan va uni portlashdan oldin olingan fotosuratlar bilan taqqoslashgan. CNN baholariga ko‘ra, aerodromda kamida yettita samolyot yakson qilingan. BBC rus xizmati, The New York Times va Amerikadagi Urushlarni tadqiq qilish instituti (ISW) yozishicha, aerodromda kamida sakkizta samolyot yonib ketgan, ukrainlarning «Sxema» nashri hisobiga ko‘ra — to‘qqizta. RF Mudofaa vazirligi hodisa ro‘y berishi bilanoq yong‘in o‘q-dorilar detonatsiyasi oqibatida ro‘y bergani va aerodromdagi aviatsiya texnikasi shikastlanmaganini ma’lum qilgandi.

Donetsk

Donetskdagi pivo zavodi portlashdan keyin. «DXR» korxona Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida olti tonna ammiak sizib chiqqanini ma’lum qilgan. Bir kishi halok bo‘lgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Baxmut o‘qqa tutilishi oqibatlariga qarshi kurashayotgan o‘t o‘chiruvchi. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi 12 avgust tongida rossiyaliklar armiyasi Horlivka — Zaytsevo yo‘nalishida hujum qilib, «qisman muvaffaqiyatga erishgani»ni ma’lum qilgan.
Diego Herrera Carcedo / Anad​olu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Soledarda yarador yonidagi qutqaruvchi. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari ushbu shaharga (shuningdek Baxmut, Kodema, Spornoye, Yakovlevkaga ham) hujum qilmoqda, ammo muvaffaqiyatga erisha olmayapti.
Diego Herrera Carcedo / Anad​olu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kramatorskka kelib tushgan snaryad. Tunda va tongda Kramatorsk, Nikopol hamda Xarkiv rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutildi. Nikopolda uch kishi halok bo‘lib, to‘qqiz kishi yaralangan. Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi
Kramatorskdagi uy hovlisi otishmalardan keyin. Bolakay voqea joyida ishlayotgan ekspertlarga taqlid qilgan holda «snaryad parchalarini izlash» o‘yinini o‘ynamoqda
Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi
Donbassdagi front chizig‘idan bir necha kilometr masofada cho‘milayotgan ukrain askarlari
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv 

Xarkivda tong otish chog‘ida uchib kelgan rossiyaliklar raketasi. Shahar meri Igor Terexovning ma’lum qilishicha, Kiyev rayoni ham zarbaga uchragan. Snaryad turar joy hovlisiga uchib kelgan, qurbonlar bo‘lmagan. Foto: Vadim Belikov / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top