07:26 / 13.08.2022
4070
Iyulda eng ko‘p turist qaysi davlatdan kelgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga iyul oyida necha nafar turist kelgani va eng ko‘p tashrif qaysi davlatdan bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2022 yil iyul oyida 540,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 359,8 ming nafarga yoki 3 baravarga oshgan.

O‘zbekistonga eng ko‘p quyidagi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan: 

  • Qozog‘iston –  181,8 ming nafar;
  • Tojikiston –  143,4 ming nafar;   
  • Qirg‘iziston –  126,3 ming nafar;   
  • Rossiya –  61,6 ming nafar;   
  • Turkiya – 6,8 ming nafar;
  • Koreya – 2,2 ming nafar;
  • Germaniya – 1,5 ming nafar;   
  • AQSh – 1,3 ming nafar; 
  • Isroil – 1,2 ming nafar; 
  • Hindiston – 1,1 ming nafar; 
  • Buyuk Britaniya – 1 ming nafar;  
  • Belarus R. – 0,9 ming nafar; 
  • Fransiya – 0,8 ming nafar;   
  • Italiya – 0,7 ming nafar; 
  • Ispaniya – 0,4 ming nafar.
Top