13:35 / 13.08.2022
4931

O‘zbekistonga elektromobil importi 3,2 barobarga oshdi

2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 40,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 314 ta elektromobil import qilgan.

Foto: Megawatt Motors

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 901 taga yoki 3,2 barobarga oshgan.

2022 yilning 7 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy – 1155 ta;
  • BAA – 81 ta;
  • Germaniya – 29 ta;
  • Hongkong – 29 ta;
  • Koreya – 7 ta;
  • Litva – 7 ta;
  • Estoniya – 2 ta.
Top