18:33 / 13.08.2022
12120

Shri-Lanka o‘z portiga Xitoy harbiy kemasi kirishiga ruxsat berdi

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bu kemadan sun’iy yo‘ldoshlar va qit’alararo ballistik raketalarni kuzatish uchun foydalaniladi. 

Foto: courtesy of The Times of India

Shri-Lanka hukumati Xambantota portiga Xitoy harbiy-dengiz kuchlari kemasi kirishiga ruxsat berdi, deb yozadi Times of India.

Yuan Wang 5 kemasi ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi kema deb ta’riflanadi, ammo ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, undan sun’iy yo‘ldoshlar va qit’alararo ballistik raketalarni kuzatish uchun foydalaniladi. 

Kema 16 avgust kuni portga kiradi va 22 avgustgacha o‘sha yerda bo‘ladi.

Qayd etilishicha, kema avvalroq kelishi kerak bo‘lgan, ammo Hindistonning e’tirozlari sababli Shri-Lanka Xitoydan buni kechiktirishni so‘ragan.

Top