11:26 / 15.08.2022
10729
Hafta oxirida harorat pasayishi kutilmoqda

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi saqlanib turadi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat Farg‘ona vodiysi tog‘li hududlarida 16 avgustda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 36-39 darajagacha isiydi va shu kunlar o‘rtacha iqlimiy qiymatlaridan yuqori bo‘ladi.

Hafta o‘rtasi, chorshanba kunidan respublika hududiga Ural hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi, bu issiq pasayishiga olib keladi. 

Ish haftasi oxiriga borib havo harorati kechalari 16-20 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 30-33 daraja issiqqacha pasayadi. 

Barcha hududlar bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.

Mavzuga oid
Top