15:43 / 15.08.2022
10606

Toshkent yerusti metrosi ish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekiston poytaxtida yerusti metroda qatnov jadvali vaqtincha o‘zgartirildi.

Foto: Kun.uz

«Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yil 16 avgustidan 5 sentabriga qadar «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.

Bu yo‘l nazorati va texnik ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq. 

Iyun oyi o‘rtalarida Toshkentda jazirama issiq tufayli yerusti metro poyezdlarining harakatlanish oralig‘i uzaytirilgan edi.

Avvalroq, shuningdek, IIB xodimlari metro bekatlarida o‘z faoliyatini qayta boshlagani va yana sumkalarni tekshirayotgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid
Top