09:05 / 15.08.2022
10475
Toshkentga doimiy yashashga ko‘chib kelganlar soni bo‘yicha qaysi hudud yetakchi ekani aytildi

Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan ko‘chib kelganlar soni ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

2022 yil yanvar-iyun oylari davomida Toshkent shahriga respublika boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 25 290 kishini tashkil etgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahriga ko‘chib kelish o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 4 170 kishiga kamaygan. 

Toshkent shahriga hududlardan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni bo‘yicha Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda – 11 881 kishi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha:

  • Qashqadaryo viloyati – 3 039 kishi;
  • Samarqand viloyati – 1 831 kishi; 
  • Surxondaryo viloyati – 1 389 kishi;
  • Buxoro viloyati –  1 361 kishi; 
  • Farg‘ona viloyati – 1 039 kishi;  
  • Xorazm viloyati – 820 kishi;
  • Andijon viloyati – 804 kishi; 
  • Namangan viloyati – 781 kishi;
  • Navoiy viloyati – 729 kishi; 
  • Jizzax viloyati –  628 kishi;  
  • Sirdaryo viloyati – 527 kishi;
  • Qoraqalpog‘iston R. –  461 kishi.  
Top