16:59 / 17.08.2022
5657

Maktablar atrofida gazlangan ichimliklar va tez tayyorlangan taomlar savdosi taqiqlanishi mumkin

Maktablar va ular atrofida shakarli gazlangan va energetik ichimliklar, shuningdek tez tayyorlanadigan taomlar savdosi ustidan nazoratni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Foto: Depositphotos

2022-2026-yillarda O‘zbekistonda o‘smirlar salomatligi va farovonligini mustahkamlash bo‘yicha strategiyani amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi loyihasiga ko‘ra, bunda mas’ul vazirliklar va tashkilotlar tomonidan muntazam reydlar o‘tkaziladi.

Xususan, maktablar va ular atrofida shakarli, gazlangan va energetik ichimliklar, shuningdek tez tayyorlangan taomlar savdosi 500 metr atrofidan kam bo‘lmagan hududlarda taqiqlanishi mo‘ljallanmoqda.

Bundan tashqari, tibbiyot ta’limi tizimida o‘smirlar ovqatlanishi bo‘yicha o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, ratsional ovqatlanishiga oid mavzularni kiritish ko‘zda tutilgan.

Bu borada tibbiyot xodimlari o‘smirlar ratsional ovqatlanishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muntazam attestatsiyadan o‘tkazib boriladi. Tibbiyot ta’lim o‘quv yurtlarining o‘smirlar ovqatlanishi bo‘yicha dasturlari amalga oshiriladi.

Bundan oldin O‘zbekistonda YTH oqibatida 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi darajasi Yevropaga qaraganda to‘rt baravar yuqori ekani xabar qilingandi

Top