14:30 / 17.08.2022
4438

Toshkentda «Spark» voyaga yetmagan velosipedchini urib yubordi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida voyaga yetmagan velosipedchi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Videodan kadr

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Olmazor tumani Farobiy ko‘chasi “Lag‘mon-Xaus” binosi qarshisida soat 17:00 larda haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan X.Y. “Spark” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Qayd etilishicha, u velosipedchi, voyaga yetmagan, 2013 yilda tug‘ilgan U.M.ni urib yuborgan. 2013 yilda tug‘ilgan U.M. tibbiyot muassasalariga murojaat qilmagan.  

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. 

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
Top