08:50 / 18.08.2022
2026
6 oyda 150 mingdan ortiq yangi yengil avtomobillar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

2022 yilning 6 oyi davomida qancha yangi yengil avtomobillar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ma’lum qilindi.

Foto: Reuters

2022 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yangi yengil avtotransport vositalari 156 563 donani tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazilgan yangi mashinalardan 95,3 foizi (149 229 dona) O‘zbekistonda, 4,7 foizi esa (7 334 dona) boshqa chet el mamlakatlarida ishlab chiqarilgan.

Respublika bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yangi avtotransport vositalari eng katta ulushi Toshkent shahri (jamiga nisbatan 26,8 foiz yoki 41 928 dona) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Top