19:52 / 18.08.2022
15308
Islom birdamligi o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarga pul mukofotlari beriladi

Prezident qaroriga asosan, V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan sportchilar har bir oltin medal uchun $5000 bilan mukofotlanadi. Kumush medal uchun $3000, bronza uchun $2000dan beriladi.

Foto: Islom birdamligi o‘yinlari

Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar va ularning murabbiylari pul mukofotlari bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.

Prezident qaroriga asosan, sportchilar:

  • oltin medal uchun – $5 000;
  • kumush medal uchun – $3 000;
  • bronza medal uchun – $2 000;

g‘olib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan murabbiylar:

  • oltin medal uchun – $2 500;
  • kumush medal uchun – $1 500;
  • bronza medal uchun – $1 000 miqdorida har bir medal uchun bir martalik pul mukofotlari beriladi.

Xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston hozirgacha 48ta oltin, 39ta kumush, 56ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng 2-o‘rinni egallab turibdi. Musobaqa bugun, 18 avgust kuni yakuniga yetadi.

Top