10:22 / 18.08.2022
9462

Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilyapti

O‘zbekiston 1 yanvardan Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etadi. Bunda, o‘zining mamlakati yoki uchinchi davlatga jo‘nash uchun chiptalarning mavjudligi majburiy bo‘ladi.

O‘zbekiston 2023 yil 1 yanvardan Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun o‘zining mamlakati yoki uchinchi davlatga jo‘nab ketish chiptalarini taqdim etgan holda 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etadi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 16 avgustdagi qarorida ko‘zda tutilgan. 

Qaror madaniy, ilmiy va sarmoyaviy muhitni yaxshilash, shuningdek, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, turizm salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida qabul qilingan.

Hozirgi kunda Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun turistik vizalarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi mavjud davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan. 

Bundan tashqari, ular O‘zbekistonga vizasiz tranzit kirish, vaqtincha bo‘lish va O‘zbekistondan chiqish huquqiga ega. 

Mavzuga oid
Top