07:37 / 18.08.2022
3967

Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgardi

Poytaxtda Alisher Navoiy shohko‘chasida olib borilayotgan yo‘l qurilishi ishlari sababli, ko‘chaning Xadra maydoni, Furqat ko‘chasidan Chorsu maydoni, Beruniy va Samarqand darvoza ko‘chalari bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklandi. 

Foto: Kun.uz

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, 2022 yil 17 avgust kunidan boshlab:

  • 8T, 23, 73, 109, 120, 123 va 188-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Zarqaynar ko‘chasi orqali Chorsu metrosi so‘nggi bekatigacha ikki taraflama; 
  • 42-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Saqichmon, Laytito‘g‘on ko‘chalari orqali Gulobod ko‘chasi so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;
  • 5-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Beruniy, Laytito‘g‘on ko‘chalari orqali Gulobod ko‘chasi so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;
  • 32, 47, 81, 103 va 126-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy, Laytito‘g‘on ko‘chalari orqali Gulobod ko‘chasi so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;
  • 56 va 84-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Bunyodkor shohko‘chasi, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy, Laytito‘g‘on ko‘chalari orqali Gulobod ko‘chasi so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;
  • 11, 100 va 118-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy ko‘chalari orqali ikki taraflama;
  • 44, 68, 89 va 115-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy, Laytito‘g‘on ko‘chalari orqali Gulobod ko‘chasi so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;
  • 28, 29, 35, 64, 65-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy ko‘chalari orqali ikki taraflama;
  • 46, 53 va 91-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Ko‘kcha Darvoza ko‘chalari orqali ikki taraflama;
  • 17-sonli avtobus yo‘nalishi harakati A.Navoiy, Sebzor, A.Qodiriy ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir taraflama (Chorsu savdo markazi so‘nggi bekatigacha bormagan holda);
  • 43-sonli avtobus yo‘nalishi harakati A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir taraflama;
  • 196-sonli avtobus yo‘nalishi harakati Furqat ko‘chasidan Olmazor, A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Furqat ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir taraflama (Gulobod ko‘chasi so‘nggi bekatigacha bormagan holda);
  • 27 va 146-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Ko‘kcha Darvoza ko‘chasidan Beruniy, Samarqand Darvoza, Qoratosh ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir taraflama tashkil etilgan.
Top