07:38 / 18.08.2022
7452

Toshkentda «Nexia» beton to‘siqqa kelib urilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

2022 yil 17 avgust kuni taxminan soat 02:40 larda Mirobod tumani, Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan S.A. “Nexia” rusumli avtomashinada harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, u boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

YTH natijasida avtomashina haydovchisi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan, biroq avtomashina yo‘lovchisi, 1999 yilda tug‘ilgan E.R. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top