09:22 / 18.08.2022
14614
Uzbekistan Airways’ning ayrim samolyotlari sotuvga qo‘yilyapti

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Uzbekistan Airways’ning ayrim samolyotlarini sotish jarayonini tashkillashtirish uchun xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasi tanlab olinishi yuzasidan tanlov e’lon qildi.

Sotish jarayoni havo kemalari bozori tarmoq va individual xususiyatlaridan kelib chiqib hamda O‘zbekiston qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda eng maqbul xorijiy tajribaga muvofiq tashkil etilishi lozim.

Aktivlar (18 ta havo kemalari va 1 ta simulyator) 6 ta lotga bo‘lingan, konsultant tavsiyalari asosida bozor talablari va tahlil natijalariga muvofiq lotlar tarkibi o‘zgartirilishi mumkin.

To‘lovlar har bir lot sotilganidan keyin amalga oshiriladi.

Top