23:41 / 19.08.2022
11942

"Gazprom" "Shimoliy oqim" quvuri orqali gaz berish vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qildi

Kompaniya buni texnik xizmat ko‘rsatish va Trent 60 gaz haydovchi agregatida rejalashtirilgan ishlar olib borilishi bilan izohladi.

Foto: RIA Novosti

Rossiyaning "Gazprom" konserni 31 avgustdan 2 sentabrgacha "Shimoliy oqim" quvuri orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatishini ma’lum qildi.

"Gazprom" buni texnik xizmat ko‘rsatish va Trent 60 gaz haydovchi agregatida rejalashtirilgan ishlar olib borilishi bilan izohladi. Kompaniyaning qayd etishicha, hozirda Trent 60 ishlab turgan yagona agregat hisoblanadi.

Texnik xizmat ko‘rsatish ishlari yakunlanganidan so‘ng sutkasiga 33 mln kub metr hajmda gaz yetkazib berish davom ettirilishi ma’lum qilingan. Bu gaz quvuri o‘tkazish quvvatining 20 foiziga yaqin. 

RBKning yozishicha, ushbu xabardan so‘ng Yevropada ming kub metr gaz narxi 2750 dollarga yaqinlashgan.

Top