07:48 / 22.08.2022
5001

AQSh, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Zaporijjya AESni muhokama qildi

To‘rtta davlat yetakchilari AEXA missiyasini imkon qadar tezroq Zaporijjya AESga yuborish fikrini bildirdi va Ukrainani Rossiya agressiyasidan himoya qilishda qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib oldi.

Foto: DW

Germaniya kansleri Olaf Shols , AQSh prezidenti Jozef Bayden, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 21 avgust, yakshanba kuni telefon orqali muloqot qildi. Suhbat ishtirokchilari Ukrainadagi yadroviy inshootlar xavfsizligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi, dedi Germaniya hukumati vakili Shteffen Xebeshtrayt.

To‘rt davlat yetakchilari Ukrainani Rossiya agressiyasidan himoya qilishda qo‘llab-quvvatlash davom etishiga kelishib oldi. Germaniya kansleri, AQSh prezidenti, Fransiya prezidenti va Buyuk Britaniya bosh vaziri Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES)dagi vaziyatni muhokama qildi va mintaqada harbiy vazminlikni saqlashga chaqirdi, shuningdek, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) vakillarining ZAESga tashrif buyurishi fikrini bildirdi. 

Yana bir muhokama mavzusi Yaqin Sharqdagi vaziyat, jumladan, Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar, shuningdek, Tehronning mintaqadagi xatti-harakatlari bo‘ldi, dedi Xebeshtrayt. 

Rossiya qo‘shinlari mart oyi boshida Zaporijjya AESni egallab olgan, shundan so‘ng ukrainalik xodimlar stansiyada ishlashda davom etgandi. Iyul oyining oxiridan beri Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bo‘lgan Zaporijjya AES muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda, shuningdek, OAVda u RF qo‘shinlari tomonidan minalab qo‘yilgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. AEXA yadroviy falokat xavfi haqida ogohlantirdi. Xalqaro agentlik rahbari Rafael Grossi avgust oyida BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishida o‘z mutaxassislarini elektr stansiyasiga zudlik bilan kiritishni talab qilgan edi. 

Mavzuga oid
Top