13:45 / 22.08.2022
6600

“O‘yin qoidalari tushunarli bo‘lishi kerak” - Savdo-sanoat palatasida turizm sohasi muammolari muhokama qilindi

Turizm va mehmondo‘stlik sohalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining muammolarini o‘rganish va ularning yechimlari buyicha aniq mexanizmlar ishlab chiqish maqsadida Savdo-sanoat palatasi yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakat iqtisodiyotining muhim drayverlaridan biri, shubhasiz turizm sohasi hisoblanadi. Oxirgi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan sohani tubdan rivojlantirish, yangi turistik zonalar barpo etish va turizm sanoatida faoliyat olib boradigan tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘nlab qaror va farmonlar imzolandi. Buning natijasida mamlakatimizga tashrif buyuradigan sayyohlar soni bir necha baravarga oshib turistik destinatsiya sifatida yetakchi pozitsiyalarni egallashga erishdi.

Shu bilan birga, butun dunyoda kuzatilgan pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalardan biri ham turizmga to‘g‘ri keldi. Sayyohlar va tadbirkorlarning ishonchini tiklash, talabni rag‘batlantirish va turizmni qayta tiklashni tezlashtirish uchun tezkor chora-tadbirlar mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish zaruriyati paydo bo‘ldi. Mazkur og‘ir vaziyatdan kam zarar ko‘rgan holda chiqish maqsadida davlatimiz rahbari va hukumat tomonidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi va izchillik bilan davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning aytishicha, bugungi kunga kelib turizm sanoati sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan muammolarga tizimli yechim topish va takliflarini o‘rganish maqsadida Savdo-sanoat palatasi huzurida mutlaqo yangi mexanizm asosida faoliyat olib boradigan Turizm masalalari qo‘mitasi tashkil etildi.

Mazkur qo‘mita doimiy ravishda tadbirkorlar bilan hamkorlik qilib sohada mavjud muammolarni yechimi buyicha hukumatga takliflar tayyorlaydi. Jahon tajribasiga e’tibor beriladigan bo‘lsa, mazkur tizim o‘zini ijobiy natijalari bilan o‘zini oqlay olgan.

Shuningdek, qo‘mita qoshida sohada uzoq yillik tajribaga ega tadbirkorlardan tashkil topgan Ekspertlar kengashi tuzildi va unga 25 nafar tadbirkor jalb qilindi. Mazkur kengash tadbirkorlarning muammolariga tezkor yechim topish maqsadida dastlabki tizimli-tahliliy baholashni amalga oshirib yakuniy takliflarni ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi.

Bugungi uchrashuv yakunida, bildirilgan muammo va takliflar joriy yil 20 avgust kuni Prezidentning tadbirkorlar bilan bo‘ladigan ochiq muloqotida olib chiqish maqsadini ham o‘zida jamlagan. Shuningdek, muhokama qilingan masalalar va muammolarning yechimi buyicha konseptual ravishda asoslangan takliflar tegishli vazirlik va idoralar hamda hukumatga yetkazilib ularning natijasi buyicha tadbirkorlar xabardor etilishi rejalashtirilgan.

Savdo-sanoat palatasi turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini milliy iqtisodiyotimiz uchun alohida muhim bo‘g‘in sifatida e’tirof etadi va ular bilan doimiy ravishda hamkorlik qilishning yangicha mexanizmlarini joriy qilishda davom etadi.

Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati (T)

Mavzuga oid
Top