Mustaqillik 31 yilligi munosabati bilan bayram va dam olish kunlarida jamoat transporti faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
«Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, transport harakati quyidagicha tashkil etiladi:
- 2022 yil 1 sentabr, payshanba – Mustaqillik kuni, ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2022 yil 2 sentabr, juma – qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2022 yil 3 sentabr, shanba – odatiy dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2022 yil 4 sentabr, yakshanba – odatiy dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Bundan oldin Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishi xabar qilingandi.