11:33 / 24.08.2022
6882
Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishi boshlandi

Bugun, 24 avgust kuni Toshkent shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi boshlandi.

Foto: TIV axborot xizmati

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, unda Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar – O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, shuningdek, kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Belarus mudofaa vazirlari ishtirok etmoqda.

Bundan oldin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgandi.

U Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi.

Top