22:09 / 25.08.2022
22461

Levandovski «Bavariya»ga qarshi, «Barselona» «o‘lim guruhi»da. YeChL guruh bosqichiga qur’a tashlandi

Bugun, 25 avgust kuni Shveytsariyaning Non shahridagi UYeFA qarorgohida Yevropa Chempionlar ligasi 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlandi.

Foto: UYeFA

Hamid Oltinto‘p, Yaya Ture singari taniqli sobiq futbolchilar ishtirok etgan qur’a jarayoni bir qator qiziqarli bahslarni taqdim etdi. Yozgi transfer oynasida «Bavariya»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan Robert Levandovski sobiq klubiga qarshi to‘p suradi. Qayd etish joiz, «S» guruhi «o‘lim guruhi»ga aylandi. 

YeChL 2022/23 yilgi mavsum guruhlari bilan tanishing:

  • A guruhi: «Ayaks», «Liverpul», «Napoli», «Reyndjers».
  • B guruhi: «Portu», «Atletiko», «Bayyer», «Bryugge».
  • C guruhi: «Bavariya», «Barselona», «Inter», «Viktoriya» Plzen.
  • D guruhi: «Ayntraxt», «Tottenhem», «Sporting», «Marsel».
  • E guruhi: «Milan», «Chelsi», «Zalsburg», «Dinamo» Zagreb.
  • F guruhi: «Real», «RB Leypsig», «Shaxtyor», «Seltik».
  • G guruhi: «Manchester Siti», «Sevilya», «Borussiya», «Kopenhagen».
  • H guruhi: «PSJ», «Yuventus», «Benfika», «Makkabi» Xayfa.

Ma’lumot uchun, YeChL yangi mavsumi finali 2023 yil Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqich o‘yinlari 6-7 sentabr kunlaridan start oladi.

Top