13:51 / 25.08.2022
7718

Malayziya sobiq bosh vaziri 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Seshanba kuni Malayziya Oliy sudi sobiq bosh vazir Najib Tun Razzoqni 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb yozadi Reuters agentligi.

Foto: Reuters

2009 yildan 2018 yilgacha Malayziya bosh vaziri bo‘lib ishlagan 69 yoshli Najib Razzoq o‘zi asos solgan 1Malaysia Development Berhad (1MDB) davlat jamg‘armasida ko‘p milliard dollarlik poraxo‘rlik mojarosiga aloqadorlikda aybdor deb topildi

2020 yilda sud uni shaxsiy hisoblariga o‘tkazilgan jami 9,4 million dollar bo‘yicha yettita ayblov punkti bo‘yicha aybdor deb topgandi.
 
Sobiq bosh vazir doimiy ravishda qonunbuzarlikni rad etib keldi, biroq uning so‘nggi apellyatsiya arizasi Malayziya Oliy sudi besh nafar sudyasidan iborat hay’ati tomonidan rad etildi. Najib Razzoq 46,94 million dollar jarimaga ham tortildi.

Sud vakilining aytishicha, u poytaxt Kuala-Lumpurdan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Kajang qamoqxonasiga olib ketilgan. 

Avvalroq Malayziya apellyatsiya sudi korrupsiyada ayblangan sobiq bosh vazir Najib Razzoqning hukmini o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilgan edi. 

Top