13:23 / 25.08.2022
4843
Yevropaga oxirgi 500 yillikdagi eng yomon qurg‘oqchilik xavf solmoqda

Yevropa qurg‘oqchilik observatoriyasining avgustdagi hisobotiga ko‘ra, qit’aning 47 foizi tuproq namligi tanqisligi bilan ogohlantirish, 17 foiz hududi esa favqulodda holatga tushib qolgan.

Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, qit’aning 2/3 qismi ogohlantirish holatiga tushib qolgan, deb yozmoqda Reuters. Qit’a suv yo‘llari qatnovining qisqarishi, elektr ta’minoti va dalalarda hosilning kamayishi bilan bog‘liq muammolar qarshisida turibdi.

Yevropa Komissiyasi nazorat qiladigan Yevropa qurg‘oqchilik observatoriyasining avgust oyidagi hisobotida keltirilishicha, Yevropaning 47 foizida tuproq namligi tanqisligi, 17 foizi favqulodda holatda turibdi va bu ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Holat – oxirgi 500 yillikdagi eng yomon qurg‘oqchilik deb baholandi.

Qit’ada avgust oyi boshidan beri qurg‘oqchilik kuchaygan. Bu holat noyabrgacha davom etishi taxmin qilinmoqda. Qurg‘oqchilikni bu yil yozda Yevropada harorat keskin ko‘tarilib ketgani kuchaytirib yuborgan. Natijada yozgi ekinlar zarar ko‘rgan.

2022 yilda makkajo‘xori oldingi besh yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 16 foizga past bo‘lishi, soya 15 foizga, kungaboqar hosili foizga kamayishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2022 yil iyun-iyul oylarida Yevropaning bir nechta mamlakatlarida 40+ harorat qayd etilib, “qizil”ogohlantirish darajasi joriy qilingan edi.

Mavzuga oid
Top