18:24 / 26.08.2022
7317

Afg‘onistonda kriptovalutalar taqiqlandi

Ushbu taqiqni buzgani uchun 13 kishi qo‘lga olingan.

Foto: AP

"Tolibon" harakati Afg‘onistonda kriptovalutasi muomalasi va savdosini taqiqladi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Blumberg agentligi xabar berdi.

Agentlikning qayd etishicha, Afg‘oniston markaziy banki ayrim afg‘onlar mablag‘ saqlash hamda boshqa mamlakatlarga pul o‘tkazishda kriptovalutadan foydalana boshlaganidan so‘ng kriptovalutalarni taqiqladi.

"Markaziy bank barcha valuta ayirboshlovchilar, shaxslar va biznesmenlarga bitkoyn deb ataluvchi raqamli tovlamachilik valutalari bilan savdo qilishni to‘xtatishni buyurdi", -dedi Hirot politsiyasi jinoyat-tergov bo‘limi boshlig‘i Sayid Saodat.

Saodatning so‘zlariga ko‘ra, ushbu taqiqni buzgani uchun 13 kishi qo‘lga olingan, ammo ularning aksariyati garov evaziga qo‘yib yuborilgan.

Hirotda kriptovaluta bilan aloqador 20dan ortiq tashkilot yopilgan.

Top