20:04 / 26.08.2022
16308

Medvedev Rossiya migratsiya siyosatida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi

Dmitriy Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda xorijliklarning Rossiya hududida bo‘lib turishini tartibga soluvchi «umumiy qonun loyihasi» tayyorlanmoqda.

Foto: Kommersant’

Rossiya xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev sentabrda mamlakat prezidenti Vladimir Putin migratsiya siyosati masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazishini ma’lum qildi.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda xorijliklarning Rossiya hududida bo‘lib turishini tartibga soluvchi «umumiy qonun loyihasi» tayyorlanmoqda.

«Sentyarbda bu masala xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Shu sababli xorijliklarning mamlakatimizga kirib-chiqishi va bo‘lib turishini tartibga soluvchi yangi umumiy qonun loyihasi tayyorlanmoqda»,— dedi u.

Medvedev mazku qonun loyihasi to‘g‘risida aprelda ham so‘z yuritgandi. O‘shanda u Rossiyaga kirib kelayotgan xorijliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona reyestri tuzilishini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi. 

Dmitriy Medvedev o‘tgan yili ham migrantlar o‘rtasida jinoyatlar sodir etilishi ko‘paygani va migratsiya siyosatiga o‘zgartirishlar kiritish zarurligini bildirgandi.

Top