07:33 / 26.08.2022
35540
Toshkentda avtomobil bilan bog‘liq firibgarlikning yangi turi paydo bo‘lgani haqida xabar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil eshigi ushlagichiga qulf ilingani va unga xat qistirilgani aks etgan foto hamda videolar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ular ko‘ra, avtomobilga qulf ilib ketilib, ma’lum bir kartaga pul tashlansa, kod aytilishi va qulf ochilishi, shu orqali pul olinayotgani aytilgan.

Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv va o‘rganishlar natijasida shahar IIBB va uning quyi tizimlariga bu kabi holatlar yuzasidan murojaat kelib tushmagani aniqlangan.

“Agar siz bilan shu kabi holat sodir bo‘lgan bo‘lsa yoki shu kabi holatga duch kelsangiz, shuningdek ushbu shaxs haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz 71-206-42-54 yoki 102 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni yoki 97-778-99-65 telegram raqami orqali xabar berishingizni yoxud yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi IIBB xabarida.

Top