23:33 / 29.08.2022
10486

Davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq, mamlakat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.

“Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha soha va tarmoqlarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlikni asrab-avaylash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlaridagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin”, deyiladi hujjatda.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor» faxriy unvoni bilan

Shayzakov Tashmurat - Boyovut tumanidagi «Shayzoq ota» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni bilan

  • Ortiqov Bekdurdi Sadullayevich - Qo‘shko‘pir tumanidagi «Hamroh» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati
  • Chutpulatov Chori Ergashevich - Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Jarqo‘rg‘on» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator» faxriy unvoni bilan

  • Aptiqov Kenjaboy - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Xorazm viloyati inspektori
  • Tulanov Sharofiddin Xudoberdiyevich - «So‘x-Oqtepa» irrigatsiya tizimi boshqarmasi gidrouchastka boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador» faxriy unvoni bilan

Nurimov Shalabay Arapbayevich - Qorao‘zak tumanidagi «Yermak» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi» faxriy unvoni bilan

Tugonova Ulbuvi - Payariq tumanidagi «To‘g‘onov Bebit bobo» fermer xo‘jaligi pillachisi, Samarqand viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni bilan

  • Alimatov Omonbek Davronbekovich - «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 1-navli prokat sexi katta ustasi, Toshkent viloyati
  • Ishmuratov Baxrom Napasovich - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Rux zavodi eritish sexi boshlig‘i, Toshkent viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» faxriy unvoni bilan

Xalmatov Erkin Irgashevich - Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi» faxriy unvoni bilan

Axmedjanov Yakubdjan Bakidjanovich - «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyatining «18-avtobus saroyi» filiali avtobus haydovchisi, Toshkent shahri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi» faxriy unvoni bilan

Umarov Bexzod Nazrullayevich - «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining Parvozlar xizmati departamenti «Boing-787» havo kemasi komandiri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

  • Inoyatov Yanvar Pulatovich - Qashqadaryo viloyati hokimining faxriylar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi
  • Xashimov Amandjan - Farg‘ona viloyati nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

  • Abdurasulov Faxritdin Raupovich - «Uzbekistan GTL» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Qashqadaryo viloyati
  • Aytbayev Bahadir Yuldashovich - «Ustyurt qidiruv-burg‘ilash boshqarmasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati burg‘ilovchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Arifdjanov Akmal Zakirdjanovich - «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining bosh direktori o‘rinbosari
  • Gadoyev Erkin Fayziyevich - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi
  • Qambarov Numonjon Mamajonovich - «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining logistika bo‘limi kran mashinisti, Andijon viloyati
  • Latipov Uktam Xamidovich - «Samarkand Touristic Centre» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Samarqand viloyati
  • Suvonqulov Muxammad - Paxtakor tumanidagi «Semrug‘» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati
  • Tursunov Akbarxuja - Uchko‘prik tumanidagi «Toshkentliguzar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Farg‘ona viloyati
  • Xalikulov Elmurad Xudaynazarovich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Markaziy kon boshqarmasi direktori, Navoiy viloyati
  • Yusupxujayev Saydiagzam Saydiumarovich - «Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti» davlat muassasasi laboratoriya mudiri

«Do‘stlik» ordeni bilan

  •  Abdullayeva Xolida Abdujalilovna - Sayxunobod tumanidagi «Sayxunobod agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Sirdaryo viloyati
  •  Akkulov Uralbay Abduganiyevich - Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi deputati, mehnat faxriysi, Jizzax viloyati
  •  Begnayeva Bibisora - Qarshi tumanidagi «Yertepa» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qashqadaryo viloyati
  •  Boboyev Abdirahmon Yusupovich - Chiroqchi tumanidagi «Abdirahmon bobo asali» xususiy korxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati
  •  Giyasov A’loxon Kamalovich - Yunusobod tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Toshkent shahri
  •  Jumayev Arabboy Rajabboyevich - Muborak tumani «Muborak» qorako‘lchilikka ixtisoslashtirilgan mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh chorvashunosi, Qashqadaryo viloyati
  •  Israilov Ismail Djurayevich - «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining energetika sexi 1-qozonxona ustasi, Toshkent viloyati
  •  Kalenderov Karamatdin Karajanovich - Nukus shahar mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  •  Karayev Djura - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Jizzax viloyati inspektori
  •  Matniyazova Oybibi Narimanovna - Shovot tumanidagi «Guliston bioservis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
  •  Mirzayev Muxammad Xamidovich - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Marg‘ilon shahar Kengashi raisi, Farg‘ona viloyati
  •  Mirzakulova O‘lmas Abdurasulovna - Termiz shahridagi «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Surxondaryo viloyati
  •  Naydenova Galina Olegovna - «Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli» unitar korxonasining Xovos signalizatsiya va aloqa masofasi elektr mexanigi, Sirdaryo viloyati
  •  Nosirov Abdusamad - Piskent tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Toshkent viloyati
  •  Oqbutayev Egamberdi Ergashovich - «Quyi Zarafshon» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi avtokran haydovchisi, Navoiy viloyati
  •  Pirnafasov Normat Xo‘jaboyevich - «Tuyamo‘yin gidroelektrostansiyasi» unitar korxonasining turbina sexi mashinisti, Xorazm viloyati
  •  Primbetov Aymurza Abilkairovich - Qonliko‘l tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  •  Raximov Bozor - Baxmal tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Jizzax viloyati
  •  Rustamov Axmadjon Rajabovich - Mehnat faxriysi, Toshkent viloyati
  •  Salixodjayev Zakirxodja Toraxodjayevich - «Toshkent shahar suv ta’minoti» mas’uliyati cheklangan jamiyatining «Qodiriya» bosh suv inshooti dispetcherlik xizmati boshlig‘i
  •  Sattorov Rustamjon Teshayevich - Samarqand shahridagi «Vad Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
  • Safarov Sunnatillo Suyunovich - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi uchastka boshlig‘i, Navoiy viloyati
  • Tulyakova Robiya - Surxondaryo viloyati «Buvijonlar» maktabi raisi
  • Turdibayev Hashimjon Pirmatovich - Quvasoy shahridagi «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Farg‘ona viloyati
  • Umarova Ilmira Turemuratovna - «Hududgaz Xorazm» gaz ta’minoti filialining markaziy dispetcherlik xizmati dispetcheri, Xorazm viloyati
  • Usmonova Xidoyat Numonovna - Sergeli tumani obodonlashtirish boshqarmasining sanitar-tozalash bo‘limi ishchisi, Toshkent shahri
  • Xaydarova Oydin Nematjon qizi - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Olimlar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri
  • Xaldarova Feruza Muxamad-Aliyevna - Toshkent shahar tatar jamoatchilik madaniy-ma’rifiy markazi raisining o‘rinbosari
  • Xolmirzayeva Mavlyuda Buzrukxodjayevna - Jalaquduq tumani xotin-qizlar jamoatchilik kengashi targ‘ibot guruhi rahbari, Andijon viloyati
  • Xudoynazarov Tuxta - Tayloq tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Samarqand viloyati
  • Hamroyev Ilhomjon Orziyevich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining bosh geologi o‘rinbosari, Navoiy viloyati
  • Tsoy Vladimir Denevich - Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining Mineral resurslar instituti bo‘lim boshlig‘i
  • Cho‘tanov Usmon Nafasovich - Mirzaobod tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi veterinari, Sirdaryo viloyati
  • Shabanov Aleksandr Valentinovich - «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining Parvozlar xizmati departamenti «Boing-787» havo kemasi komandiri
  • Shadmanov Alimdjan Tagayevich - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Mis eritish zavodi metallurgiya sexi boshlig‘i, Toshkent viloyati
  • Shadmanov Yadgarxoja Maxamatovich - O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
  • Sharipov Ravshan Sodiqovich - «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» unitar korxonasining Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi ekskavator mashinisti
  • Shonazarova Dilbar Akaboyevna - Paxtakor tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

  • Ajiniyazov Baypolat Joldasbayevich - «Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi» filiali bosh mexanigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Babayev Baxrom Djalolovich - O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
  • Boymatov Isakjon Jalilovich - Oltiariq tumanidagi «Xayrullo Bahrom Boymatov» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
  • Vaxobov Ma’rufjon Malikovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
  • Gabduraxmanov Ilgiz Karimovich - «Uzbekistan airports» aksiyadorlik jamiyatining parvozlar xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i
  • Iminov Abdulvoxid Muxiddinovich - Namangan shahridagi «Bunyodkor-3» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati
  • Isayev Maxmudjon Nimatovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri
  • Karimov G‘ulomjon Xusanboyevich - Marhamat tumanidagi «Feruz» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati
  • Kurmanov Alisher Anvarovich - O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
  • Maxmudjanov Uktamjon - «So‘g‘diyona bino va inshootlardan foydalanish» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati
  • Nurmatov Baxtiyer Nazirovich - «Angren issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining 2-qozon-turbina sexi mashinisti, Toshkent viloyati
  • Olimov Botir Komilovich - Shofirkon tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining maslahatchisi, Buxoro viloyati
  • Ochilov Xolmat Nayimovich - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining avtomobil transporti boshqarmasi «BelAZ» haydovchisi, Toshkent viloyati
  • Raximberdiyev Xakberdi Xalikberdiyevich - «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining elektr sexi chilangari, Sirdaryo viloyati
  • Ro‘zimatov Xamdamboy Boyjonovich - Yangiariq tumani irrigatsiya bo‘limi gidrotexnigi, Xorazm viloyati
  • Rustamov Nodir Soxibovich - Qarshi shahridagi «NR Construction and Design» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati
  • Tuxtayev Yori Qurbonovich - «Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining sex smena boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
  • Fayziyev Alisher Raxmatovich - «Enter Engineering Pte. Ltd.» kompaniyasining ishlab chiqarishga tayyorlash bo‘limi boshlig‘i
  • Fayzullayev Djamal Sabaxonovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
  • Fayzullayev Yarkun Zakirillayevich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari – Xalqaro ishlar bo‘limi mudiri
  • Xodjayeva Moxira Mirzaxmadovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi
  • Hamrakulov Dilshod Begimkulovich - «Farhod gidroelektrstansiyasi» unitar korxonasining smena boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
  • Yuldashev Baxodirjan Shakirdjanovich - «Unicon.uz» fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazining ixtisoslashgan ishlab chiqarish departamenti bo‘lim boshlig‘i

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

  • Raxmonov Sardorjon Sodiqjonovich - Davlatobod tumani «Tadbirkor» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Namangan viloyati
  • Xabibullayev Sherzod Xayrulla o‘g‘li - «Unicon-Soft» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri

«Jasorat» medali bilan

  • Babadjanov Otabek Sadullayevich - Amudaryo tumanidagi maishiy texnika ta’mirlash ustasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Dexkanbayev Sordarbek Xamidullayevich - O‘rta Chirchiq tumanidagi hunarmand-tikuvchi, Toshkent viloyati
  • Djurayev Salim Turapovich - Mirobod tumanidagi uy jihozlarini ta’mirlash ustasi, Toshkent shahri
  • Ibotov Tolibjon Shomirovich - Qarshi shahridagi «Qarshi hamkor inventor» oilaviy korxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati
  • Kadirov Yusup Nosirovich - Samarqand shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiysi, Samarqand viloyati
  • Mamajanov Dilmurat Raximberdiyevich - «Hunarmand» uyushmasining Andijon shahar bo‘limi a’zosi, esdalik buyumlari yasovchi usta, Andijon viloyati
  • Mamatova Xikmat Eshbekovna - Guliston shahridagi hunarmand-tikuvchi, Sirdaryo viloyati
  • Niyazov Xursanali Akramjonovich - To‘raqo‘rg‘on tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Namangan viloyati
  • Sayfullayev Baxodir Nurullayevich - Do‘stlik tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Jizzax viloyati
  • Safarbayeva Nazira Kamilovna - Xorazm viloyati «Mehr gulshani» nogiron bolalar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamiyati raisi
  • To‘xtayeva Rajaboy Karimovna - Boysun tumanidagi hunarmand-to‘quvchi, Surxondaryo viloyati
  • Usmonov Aziz Qobiljonovich - Toshloq tumanidagi xususiy tadbirkor, Farg‘ona viloyati
  • Xudoyqulov Farxod Bomullayevich - «Hunarmand» uyushmasining G‘ijduvon tumani bo‘limi a’zosi, toshtarosh usta, Buxoro viloyati
  • Yuldoshov Oybek Oltinovich - Navbahor tumanidagi oilaviy tadbirkor, Navoiy viloyati

«Shuhrat» medali bilan

(100 yoshdan oshganlar)

  • Abdurasulov Abdullajon - Asaka tumani, Andijon viloyati
  • Allamova Qizlargul - Yangibozor tumani, Xorazm viloyati
  • Bekbergenova Bazar - Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Djalilova Xelchaxon - Namangan shahri, Namangan viloyati
  • Zulimova Suyma - Zarbdor tumani, Jizzax viloyati
  • Qurolov Xolmurod - Dang‘ara tumani, Farg‘ona viloyati
  • Markabayeva Razavan Xasrayevna - Olmaliq shahri, Toshkent viloyati
  • Muslimova Xamro - Qiziltepa tumani, Navoiy viloyati
  • Olimova Ulug‘ - Urgut tumani, Samarqand viloyati
  • Toxirov Shenna - Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati
  • Usametova Kunduz - Mirzo Ulug‘bek tumani, Toshkent shahri
  • Fozilova Salima - Shofirkon tumani, Buxoro viloyati
  • Xakkulova Yanglish - Xovos tumani, Sirdaryo viloyati
  • Xoliyarova Bibigul - Angor tumani, Surxondaryo viloyati

«Shuhrat» medali bilan

  • Abidov Djamshid Kamalitdinovich - «Akfa Dream World» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri
  • Alimuxamedov Ilxom Mizratovich - O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriya mudiri
  • Asatova Laylo Safarovna - Kogon tumani gaz ta’minoti bo‘limining gaz uskunalarini ta’mirlash xizmati chilangari, Buxoro viloyati
  • Bekimbetova Klara Tulegenovna - Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Taxtako‘pir filiali yetakchi mutaxassisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Berezutskaya Kseniya Yurevna - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi
  • Davlyatov Rustamjon Anvarovich - «Davlatov industries» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
  • Djalilov Dilmurod Sotvoldiyevich - «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining payvandlash sexi elektr montyori, Andijon viloyati
  • Jamonkulov Akmal Ziyadullayevich - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Janubiy kon boshqarmasi konchilik bo‘limi yetakchi muhandisi, Navoiy viloyati
  • Jumanova Feruza Valijonovna - Norin tumanidagi «Dilizar» dehqon xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati
  • Jo‘rayev Xaydar - Zomin tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Jizzax viloyati
  • Isxakov Isoxon Tilovevich - «Samarqandyo‘lko‘kalam» unitar korxonasi ko‘kalamzorlashtiruvchisi, Samarqand viloyati
  • Karimov Farxod Nishonovich - «Uzbekistan airways technics» mas’uliyati cheklangan jamiyatining smena muhandisi
  • Kulmanov Dilshod Yuldashevich - Bektemir tumanidagi «Bektemir maxsustrans» avtotransport filiali haydovchisi, Toshkent shahri
  • Kuchkarov Akram Urazbayevich - «Angren ko‘mir koni» filialining 16-konveyer transporti uchastkasi mashinisti, Toshkent viloyati
  • Mamadayev Sherzodbek Shuxratbekovich - Andijon tumanidagi «Sapfir sadaf servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
  • Mamatmurotov Sherali Xolmo‘minovich - Bandixon tumani «Obod turmush» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Surxondaryo viloyati
  • Mashrapov Xusniddin Tursunaliyevich - O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti
  • Muxiddinova Xulkar Kamoldinovna - Namangan shahar obodonlashtirish boshqarmasi gulxona brigadasi ishchisi, Namangan viloyati
  • Nishanaliyeva Ayshaxon - Yunusobod tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Toshkent shahri
  • Ochilova Inobat Salimovna - Navbahor tumanidagi «Ochilova Inobat» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Navoiy viloyati
  • Rahmatov Ikrom Ahmedovich - Oqdaryo tumanidagi «Zarafshon loman parranda» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
  • Ro‘ziqulov Yo‘ldosh Umarovich - «Ko‘prikqurilish tresti» unitar korxonasining 67-ko‘prik qurilish otryadi montajchisi
  • Sayfitdinova Diloram Fazlitdinovna - O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining Namangan viloyati bo‘limi raisi
  • Toshova Gulsum Jumayevna - Mirishkor tumanidagi «Yangi Mirishkor agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati
  • Ubaydullayev Erkin Umurovich - «Regionalgeologiya» davlat unitar korxonasining Markaziy O‘zbekiston geologik tasvirlash dala ekspeditsiyasi burg‘ilash qurilmasi mashinisti
  • Urunov Yusubjon Yuldashovich - Olot tumanidagi «Olot agroservis MTP» mas’uliyati cheklangan jamiyati kombayn operatori, Buxoro viloyati
  • Fozilov Xaydar Inamovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i
  • Xakimova Matluba Xakimovna - Zafarobod tumani agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi kengashi raisi, Jizzax viloyati
  • Xasanov Baxodir Buranbayevich - «Quyuv-mexanika zavodi» sho‘’ba korxonasining quyuv sexi metall quyuvchisi, Toshkent shahri
  • Xodjabekov Nuriddin Sultanmuradovich - Sirdaryo tumanidagi «Sulton» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
  • Xusanov Tursunkul Muratbekovich - Sirdaryo tumani «Hikmatli» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Sirdaryo viloyati
  • Hasanova Mavjuda G‘aniyevna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi
  • Yuldashova Komila Qarshiyevna - Yakkabog‘ tumanidagi «Komila Qarshiyevna» xususiy biolaboratoriyasi rahbari, Qashqadaryo viloyati
  • Yusupov Izzatillo Ahmadovich - G‘ijduvon davlat o‘rmon xo‘jaligining ko‘chatchilik bo‘limi o‘rmonbegisi, Buxoro viloyati
Top