13:31 / 31.08.2022
18057

Xarkivda navbatdagi qurbonlar, Seversk ustida qora tutun. Urush suratlari

30 avgust kuni Xarkiv rahbari Oleg Sinegubov aholi yashash joylari o‘qqa tutilishi oqibatida besh kishi halok bo‘lib, to‘qqiz kishi yaralanganini ma’lum qildi; keyingi tongda ham shaharni o‘qqa tutish davom ettirildi. Zaporijjyaning Rossiya nazoratida qolayotgan qismidagi vaqtincha hukumat AES Ukraina tomonidan o‘qqa tutilayotganini xabar qildi. Shu AESga yo‘l olgan Xalqaro atom energetikasi agentligi delegatsiyasi Kiyevga yetib kelgan, Volodimir Zelenskiy uning a’zolari bilan uchrashgan. RF mudofaa vazirligi 29 avgust kuni Xerson oblastidagi hujum vaqtida 1,2 ming ukrain harbiysi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Rossiya Eron dronlarining ilk partiyasini qabul qildi.

Quyida 30 avgust, urushning 188-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv

30 avgust kuni Xarkivga qilingan hujum oqibatlari. Shahar ma’muriyati besh kishi halok bo‘lib, to‘qqiz kishi yaralanganini ma’lum qilgan.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Xarkiv o‘qqa tutilishi chog‘ida o‘z uyi hovlisida yaralangan kishining qoni
Viktoriia Yakymenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy xizmatchisi zarbadan keyin hosil bo‘lgan o‘radan snaryad parchalarini yig‘moqda - shahardagi aholi yashovchi hududga qanday o‘q-dori bilan hujum qilinganini aniqlash uchun. Foto: Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA

Mikolayiv oblasti

Mikolayiv oblastidagi front chizig‘ida tutun ustuni.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Donbass shimoli

Donetsk oblastidagi Seversk shahridagi yo‘lda harbiy harakatlar vaqtida mashina yonib ketgan. Avgust oyi oxirida britan razvedkasi rossiyaliklarning Donbassdagi hujumlari kuchayishi ehtimoli haqida ma’lumot bergan. Donetskdan janubda Seversk va Baxmut hududlarida intensiv janglar ketmoqda. 
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Severskda zarbalardan shikastlangan uy oldidagi bombapanagohga kirish joyida turgan keksa yoshli ayol
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Seversk o‘qqa tutilishi oqibatlari.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«DXR» xalq militsiyasi harbiysi mashina orqali blokpostdan o‘tayotgan mahalliy aholi vakilini tekshirmoqda.
Vladimir Gerdo / TASS
Donetsk oblastining Drujkovka posyolkasida maktab binosi zarba ostida qoldi. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko bunda Rossiyani ayblagan, uning aniqlik kiritishicha hujum oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Drujkovka o‘qqa tutilishi chog‘ida yo‘lga sochilgan deraza parchalari. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning xabar qilishicha, maktabdan tashqari bolalar bog‘chasi, muz arenasi va turar joy binolari shikastlangan.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top