07:42 / 03.09.2022
9508

G7 davlatlari Rossiya nefti narxini cheklash to‘g‘risida kelishib oldi 

Narxlarni cheklash Rossiyaning neft daromadlarini qisqartirishi va Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtirish qobiliyatini zaiflashtirishi kerak, deya ma’lum qildi G7 moliya vazirlari. 

Foto: Getty Images

«Katta yettilik» mamlakatlari moliya vazirlari Rossiya neft va neft mahsulotlariga cheklov joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Berlindagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha 2 sentabr, juma kuni qabul qilingan qo‘shma bayonotda aytiladi. 

«Bugun biz butun dunyo bo‘ylab Rossiyadan xom neft va neft mahsulotlarini dengiz orqali tashish imkonini beruvchi xizmatlarni to‘liq taqiqlash va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma siyosiy niyatimizni yana bir bor tasdiqlaymiz - bunday xizmatlarni taqdim etishga faqat neft va neft mahsulotlari ruxsat etiladi. Neft narx chegarasiga rioya qiluvchi va amalga oshiruvchi mamlakatlarning keng koalitsiyasi tomonidan belgilangan darajaga teng yoki undan past narxda sotib olinadi», deyiladi Buyuk Britaniya hukumati veb-saytida e’lon qilingan hujjatda. 

Vazirlarning ta’kidlashicha, narxlarni cheklash Rossiyaning neft daromadlarini qisqartirish va Ukrainaga qarshi «tajovuzkor urushini moliyalashtirish» qobiliyatini zaiflashtirish, shu bilan birga, urushning global energiya narxlariga, ayniqsa, past va o‘rta daromadli mamlakatlar uchun ta’sirini qisqartirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bayonotda aytilishicha, boshlang‘ich narx chegarasi «qator texnik parametrlarga asoslangan darajada» belgilanadi va butun koalitsiya tomonidan kelishib olinadi. Keyin uni qayta ko‘rib chiqish mumkin. 

«Katta yettilik» mamlakatlari moliya idoralari rahbarlari, shuningdek, neft eksport qiluvchi davlatlarni energiya bozoridagi o‘zgaruvchanlikni kamaytirish maqsadida qazib olishni ko‘paytirishga chaqirdi. 

Mavzuga oid
Top