21:51 / 06.09.2022
37870
Ayrim iPhone modellarida oktyabrdan boshlab WhatsApp ishlamaydi
Foto: Getty Images

2022 yil oktyabrdan boshlab ayrim Apple smartfonlarida WhatsApp messenjeri ishlamaydi. Bu haqda Gizchina portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, WhatsApp iOS 10 va 11 operatsion tizimlari o‘rnatilgan iPhone modellariga dasturiy ta’minotni kamida iOS 12ga yangilash to‘g‘risida xabar jo‘natmoqda.  

Dasturiy ta’minotni yangilamagan foydalanuvchilar 24 oktyabrdan boshlab messenjerdan foydalana olmaydi. 

Shu bilan birga iPhone 5 va iPhone 5C smartfonlari dasturiy ta’minoti iOS 12gacha yangilanmaydi. Bu smartfonlarda oktyabrdan boshlab WhatsApp ishlamaydi. 

Mavzuga oid
Top