17:35 / 08.09.2022
28319
Yelizaveta II’ning ahvoli og‘irlashgan. Shahzodalar uning oldiga yo‘l olishgan
Foto: EPA

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning shifokorlari uning sog‘ligi yomonlashganini ma’lum qilishdi. Bu haqda Bukinhem saroyi rasmiy bayonotida aytiladi.

Qirolicha yaqin vaqtlar ichida shifokorlarning alohida kuzatuvida bo‘ladi.

BBC xabar berishicha, taxt vorisi shahzoda Charlz va uning o‘g‘li shahzoda Uilyam hozirda Shotlandiyaga yo‘l olgan, qirolicha so‘nggi haftalarda o‘sha yerda bo‘lib turibdi.

Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri, 6 sentabr kuni Balmorolda qirolicha qabulida bo‘lgan Liz Trass ayni vaqtda barcha britaniyaliklarning fikr-u xayoli Yelizaveta II va uning oilasi bilan birga ekanini aytdi.

  • 96 yoshli Yelizaveta II so‘nggi oylarda sog‘ligi sababli muntazam ravishda turli tadbirlarda ishtirok etishni rad etayotgandi. Xususan, u iyun oyi boshida o‘zining taxtga chiqqanining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanalarda deyarli ishtirok etmagandi.
Mavzuga oid
Top