11:31 / 09.09.2022
5516

Avgustda qayd etilgan nikohlar statistikasi e’lon qilindi

Avgust oyida qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum qilindi.

2022 yil avgust oyida respublika bo‘yicha jami 32 366 ta nikoh holatlari qayd etilgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni eng ko‘p Samarqand viloyatida kuzatildi – 4 026 ta.

Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatida 3 773 ta nikoh holati qayd etilgan bo‘lsa, 3 421 ta nikoh holati Qashqadaryo viloyatida kuzatildi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Namangan viloyati – 2 714 ta;  
  • Andijon viloyati – 2 641 ta;   
  • Toshkent shahri – 2 626 ta;
  • Toshkent viloyati – 2 614 ta;   
  • Surxondaryo viloyati – 2 584 ta;   
  • Jizzax viloyati – 1 645 ta;   
  • Buxoro viloyati – 1 604 ta;   
  • Qoraqalpog‘iston R. – 1 392 ta;   
  • Navoiy viloyati – 1 265 ta;   
  • Xorazm viloyati – 1 125 ta;   
  • Sirdaryo viloyati – 936 ta.
Top