10:43 / 09.09.2022
7176

Nukus – Mo‘ynoq – Toshkent aviaqatnovi yo‘lga qo‘yilyapti

Uzbekistan Airways Nukus – Mo‘ynoq – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqda.

Foto: Kun.uz

2022 yil 12 sentabrdan boshlab Uzbekistan Airways AJ Nukus - Mo‘ynoq - Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlarni joriy qilmoqda. 

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, bu Mo‘ynoq va Nukus aholisi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda yo‘lovchilar talab va istaklarini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda.

Aviaqatnovlar dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, faqat 9 sentabr kuni HY-012 Nukus – Toshkent yo‘nalishida aviaqatnov Mo‘ynoq aeroportiga qo‘nib, yo‘lovchilarni bortga qabul qiladi hamda ko‘rsatilgan jadval bo‘yicha qatnovni amalga oshiradi.

Qoraqalpog‘iston Mo‘ynoq tumanida O‘zbekistonning eng shimoliy aeroporti bor. U 1947 yilda qurilgan, ammo 1990-yillardan beri yo‘lovchi tashish uchun foydalanilmagan. Bir paytlar Toshkent, Nukus, Qo‘ng‘irot, Nukus, Urganch va boshqa shaharlarga parvozlar bo‘lgan.

Top