10:36 / 10.09.2022
2216
Jazoir elchisi O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayapti

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mamlakatda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Jazoir elchisi Nosir Busheritni qabul qildi.

Foto: Dunyo

Vladimir Norov elchi O‘zbekiston-Jazoir munosabatlarini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shganini qayd etdi. O‘z navbatida, Nosir Busherit O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida respublikada islohotlar va mamlakat taraqqiyotiga guvoh bo‘lganini e’tirof etdi.

Tomonlar O‘zbekiston-Jazoir hamkorligi dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvalini ko‘rib chiqdi. Ikki mamlakat xalqaro institutlar doirasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga tayyorligi ta’kidlandi.

Nosir Busherit O‘zbekiston tomoniga diplomatik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani va qulay shart-sharoitlar yaratgani uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Mavzuga oid
Top