08:54 / 10.09.2022
10588
O‘zbekistonga 8 oyda eng ko‘p turist qayerdan kelgani aytildi

O‘zbekistonga 8 oyda qancha turist kelgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2022 yil yanvar-avgust oylarida 3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln nafarga yoki 1,9 baravarga oshgan.   
   
O‘zbekistonga 8 oyda eng ko‘p Qozog‘iston fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan –  922,7 ming nafar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: 

  • Qirg‘iziston –  821,9 ming nafar;  
  • Tojikiston –  814,5 ming nafar;    
  • Rossiya –  316,9 ming nafar;    
  • Turkiya – 45,8 ming nafar; 
  • Janubiy Koreya – 10,9 ming nafar; 
  • Germaniya – 10,3 ming nafar;    
  • AQSh – 7,8 ming nafar;  
  • Hindiston – 6,7 ming nafar;  
  • Fransiya – 6,4 ming nafar;   
  • Ozarboyjon – 6,1 ming nafar;  
  • Isroil – 6,6 ming nafar;  
  • Buyuk Britaniya – 6 ming nafar;   
  • Italiya – 4,7 ming nafar;  
  • Ispaniya – 3,1 ming nafar.
Top