Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitiga shay Samarqand suratlarda - fotojamlanma
15–16 sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti tashkillashtiriladi. Samarqand shahri o‘ta muhim xalqaro anjuman oldidan o‘zgacha chiroy ochgan.
Qayd etish joizki, Sammitda tashkilotga a’zo 8 davlat rahbarlaridan tashqari, yana 7 ta davlat yetakchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishadi. Ko‘hna shaharda hech qachon bir vaqtning o‘zida bu qadar ko‘p davlat rahbarlari jam bo‘lishmagan.
Samarqand shahri ko‘chalari a’zo va taklif etilgan davlatlar bayroqlari, ShHT logotiplari bilan bezatilgan.
Ayniqsa, sammitning asosiy tadbirlar o‘tadigan «Ipak yo‘li Samarqand» turistik markazida mehmonxonalar va istirohat maskanlari mehmonlarni kutib olishga shay holatga keltirilgan.
Kun.uz fotomuxbirlari ShHT sammitiga tayyor Samarqand shahridan fotojamlanma taqdim etishdi.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024