15:49 / 12.09.2022
14601

Xersondagi ma’muriyat «rahbari o‘rinbosari» o‘limi FXX tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib chiqdi

Avgust oyi boshida Nova Kaxovkaning rossiyalik «rahbari o‘rinbosari» Sergey Gura o‘ldirilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, «qotillik» Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan sahnalashtirilgan.

Foto: Adobestock

Xerson oblasti Nova Kaxovka okkupatsion «ma’muriyati» ikki xodimining qotilligi Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan haqiqiy suiqasdlarning oldini olish maqsadida uyushtirilgan, deb xabar berdi 12 sentabr, dushanba kuni «Birinchi kanal». Gap «ma’muriyat»ning «rahbar o‘rinbosari» Vitaliy Gura va telekanal shahar «politsiya boshlig‘i o‘rinbosari» deb atagan Sergey Tomko haqida ketmoqda.

Guraning suiqasd natijasida vafot etgani haqidagi xabarlar 6 avgust kuni paydo bo‘ldi. RIA «Novosti» agentligi polda qon to‘kilgan shaxsiy uydan olingan kadrlarni namoyish etdi. Tomko o‘ldirilgani haqida ma’lumot 8 iyul kuni olingan. 

«Birinchi kanal»ning syujyetida aytilishicha, Tomko va Guraga haqiqiy suiqasdni Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) xodimi Ilya Bondarchuk masofadan turib tayyorlagan. U suiqasd uyushtirish uchun bog‘langan mahalliy aholi, go‘yoki FXX nazorati ostida u bilan gaplashgan. Natijada Rossiya maxsus xizmatlari go‘yoki «diversiya guruhining Qrim yacheykasi» a’zolarini aniqlab, qo‘lga olgan.

«Birinchi kanal»ning syujyeti FXX 12 sentabr kuni ertalab UXX Xerson oblasti va Qrimda tayyorlagani aytilayotgan qator teraktlarni to‘xtatgani haqida e’lon qilganidan keyin chiqdi. Ukraina Xavfsizlik xizmati hozircha FXX ayblovlariga izoh bermadi. 

Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarida Rossiya bilan hamkorlik qilayotgan amaldorlarga nisbatan muntazam ravishda suiqasdga urinishlar amalga oshirilmoqda. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top