10:24 / 14.09.2022
8328

Mo‘g‘uliston prezidenti Samarqandga yetib keldi, uni Abdulla Aripov kutib oldi

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Shanhay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi 22-majlisida qatnashish uchun Samarqandga yetib keldi.

Uxnaagiyn Xurelsux

O‘zA xabariga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. 

15-16 sentabr kunlari Samarqand Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Ushbu tadbir ShHT yetakchilari 2019 yildan buyon birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi va O‘zbekistonning tashkilotdagi raisligiga yakun yasaydi.

Samarqand sammitida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Tszinpin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etadi

Mavzu
Samarqandda ShHT sammiti
15–16 sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti tashkillashtiriladi.
Barchasi
Top