09:07 / 14.09.2022
5046

Saudiya O‘zbekistondan quruq mevalar va za’faronni import qilmoqchi

O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsulxonasi tomonidan respublikada ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlar eksporti hajmini oshirish maqsadida Jiddadagi Vision Development kompaniyasi bosh direktori Mujahid Xon Abror Xon bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Vision Development kompaniyasi bosh direktori Mujahid Xon quruq mevalar va za’faronni O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga olib kelishga qiziqish bildirdi. U O‘zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatish asnosida o‘zbek mahsulotlari podshohlikka importini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Mujahid Xon “BMB Trade Group” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, mazkur kompaniya Saudiya Arabistonida dilerlik xizmatini ko‘rsatishga ham tayyorligini aytdi.

Vision Development kompaniyasi bosh direktori 14 sentabr kuni Jiddada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston - Saudiya biznesmenlari uchrashuviga taklif etildi.

Top