10:28 / 15.09.2022
6795

Fuqaro nomida shaxsiy uyi bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish tartibi tushuntirildi

Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibi ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, xizmatdan jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Xizmatni ko‘rsatish tartibi: ariza beruvchilar ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi, so‘rovnoma to‘ldirilib, kadastr organlariga elektron tarzda yuboriladi, markaz so‘rovnoma tushgan va to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga yoxud ariza beruvchiga YaIDXP orqali yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida. Xizmat narxi: BHM 3 foizi miqdorida – 9 000 so‘m; Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 8 100 so‘m. 

Top