O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Shanhay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun 15 sentabr kuni mamlakatga keldi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturida Serdar Berdimuhamedov Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishi ko‘zda tutilgan.
Bundan oldin Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Samarqand shahriga yetib kelgani xabar qilingandi.