11:11 / 16.09.2022
4105
«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun kunduzgi harorat 27-32 daraja issiqdan oshmaydi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati kechalari 11-16 daraja iliq, kunduz kunlari 27-32 daraja issiq atrofida saqlanib turadi.

Mavzuga oid
Top