13:38 / 16.09.2022
7736

Shavkat Mirziyoyev Pokistonga gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirdi

Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari kengashi tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng kengaytirilgan tartibdagi majlis bo‘lib o‘tyapti. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT mamlakatlari nomidan xalqaro hamjamiyatni Pokistondagi tabiiy ofat keng ko‘lamli salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun ushbu mamlakatga imkon boricha gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirdi.  

Pokistonda musson yomg‘irlari keltirib chiqargan favqulodda dahshatli toshqinlar mamlakatga misli ko‘rilmagan iqtisodiy zarar yetkazdi.

Mamlakat hukumati musson yomg‘irlari natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli favqulodda holat rejimini joriy etdi. 

Pokiston tarixidagi eng dahshatli suv toshqini Buyuk Britaniya maydoni kattaligidagi hududni qamrab oldi va 33 million kishi, ya’ni har yetti pokistonlikdan bittasi zarar ko‘rdi.

Mavzu
Samarqandda ShHT sammiti
15–16 sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti tashkillashtiriladi.
Barchasi
Top