20:46 / 17.09.2022
18258

Nensi Pelosi Armanistonga bordi

Pelosi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va milliy majlis spikeri Alen Simonyan bilan uchrashadi.

Foto: Twitter / usembarmenia

AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Armanistonga keldi, deb xabar berdi «Armenpress».

Qayd etilishicha, uning tashrifi 19 sentabrgacha davom etadi.

Delegatsiya tarkibidan vakillar palatasining energetika va savdo bo‘yicha qo‘mitasi raisi Frenk Palone hamda vakillar palatasi a’zolari Anna Eshu va Jyeki Speyyer o‘rin olgan.

Pelosi tashrifi davomida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va milliy majlis spikeri Alen Simonyan bilan uchrashadi.

Uchrashuvlarda Armaniston-AQSh munosabatlari va xavfsizlik sohasidagi hozirgi vaziyat muhokama qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top