18:05 / 17.09.2022
6285
Qozog‘iston poytaxtiga avvalgi Ostona nomi qaytarildi

Sentyabr boshlarida «Jana Qozog‘iston» deputatlar guruhi a’zolari poytaxt shaharga sobiq nomi – Ostonani qaytarishni taklif qilishgandi. 

Foto: Shutterstock

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti saytida xabar berildi.

O‘zgartirishlarga muvofiq, mamlakat poytaxti Nur-Sulton avvalgi Ostona nomi bilan ataladi. 

Yana bir asosiy o‘zgartirishga ko‘ra, prezident faqat bir marta yetti yil muddatga saylanadi.

2 sentabr kuni «Jana Qozog‘iston» deputatlar guruhi a’zolari poytaxt shaharga sobiq nomi – Ostonani qaytarishni taklif qilishgandi.  

15 sentabr kuni jamoatchilik poytaxt nomini o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatladi. Shu kuni parlament quyi palatasi deputatlari poytaxt nomini Ostona deb o‘zgartirishni ma’qullagan edi.

Top