11:22 / 21.09.2022
2829

FlyDubai Dubaydan Samarqandga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Aviakompaniya tomonidan Dubay – Samarqand – Dubay yo‘nalishda parvozlar chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. 

Foto: Getty Images

Joriy yil 21 sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportida FlyDubai aviakompaniyasi Dubay – Samarqand yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshiruvchi havo kemasi kutib olinadi. 

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, aviakompaniya tomonidan Dubay – Samarqand – Dubay yo‘nalishda parvozlar hafta chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishda muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi Samarqand shahri turizm salohiyatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni har ikki tomondan haftasiga jami 13 tani tashkil etmoqda. Parvozlar har ikki mamlakat tayinlangan aviakompaniyalari - Uzbekistan airways, Fly Dubai, Air Arabia tomonidan bajarilmoqda.  

Top